AbroBey Qimmat dunyo
- Премьера состоялась: 9-12-2024, 10:25
- Качество: 128 kbps
- Категория: Новая музыка
- Загрузка трека: 2
- Антивирус: проверен
- Размер трека : 2.73 MB
Текст песни - AbroBey - Qimmat dunyo
Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik - eng ulugʻ ne’matmi?
Yoʻqmi inson qiymati?!
Oʻylab qolaman, oʻtkinchi olam,
Mol-dunyoga buncha oʻch bu odam?
Choʻntak boʻsh boʻlsa bosma qadam,
Mensimasdan qarar koʻz qiridan.
Sezmay qolaman, aldaydi odam,
Qoʻrqmaydi, harom non yer hiyladan.
Maqsad - sotish, hatto sotuvda badan,
Tavba qil, qoʻrq olov taftidan.
Unutma, ey inson, bu - foniy dunyo,
Boʻlma razil, tushdamassan, bu - roʻyo
Oʻylaysan hammasi yaxshidek goʻyo,
Sen sabab yo haq, yo nohaq bu dunyo.
Tuzilgan shunaqa “qora dastur”,
Piyodasan, yoʻqmi moshina - ozgina past tur.
Boy kasal boʻlsa, doʻxtirlar hammasi gʻamxoʻr,
Kambagʻalning joni ogʻrisa, “Navbatda jim tur!”
Boʻlsa boldi bitta yangi iPhone,
Oʻtdi vaqt maqsadsiz, doim birga shayton.
Qora Gentra, 3-4 soʻm pul, ol senga maydon,
Tulki, boʻri, ilon - oʻzi shularmi hayvon?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik - eng ulugʻ ne’matmi?
Yoʻqmi inson qiymati?!
Oʻylab qolaman, oʻtkinchi olam,
Mol-dunyoga buncha oʻch bu odam?
Choʻntak boʻsh boʻlsa bosma qadam,
Mensimasdan qarar koʻz qiridan.
Sezmay qolaman, aldaydi odam,
Qoʻrqmaydi, harom non yer hiyladan.
Maqsad - sotish, hatto sotuvda badan,
Tavba qil, qoʻrq olov taftidan.
Unutma, ey inson, bu - foniy dunyo,
Boʻlma razil, tushdamassan, bu - roʻyo
Oʻylaysan hammasi yaxshidek goʻyo,
Sen sabab yo haq, yo nohaq bu dunyo.
Tuzilgan shunaqa “qora dastur”,
Piyodasan, yoʻqmi moshina - ozgina past tur.
Boy kasal boʻlsa, doʻxtirlar hammasi gʻamxoʻr,
Kambagʻalning joni ogʻrisa, “Navbatda jim tur!”
Boʻlsa boldi bitta yangi iPhone,
Oʻtdi vaqt maqsadsiz, doim birga shayton.
Qora Gentra, 3-4 soʻm pul, ol senga maydon,
Tulki, boʻri, ilon - oʻzi shularmi hayvon?
Рекомендуем послушать
Комментарии (0)